UZ RU

Bojxona institutining kursantlari o‘rtasida “Discussion Club” dasturi tashkil etildi

Husniddin 29-07-2019, 11:12 29 UZ / YANGILIK / Tadbirlar

Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 2 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida xalqaro-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi va mamlakatimiz iqtisodiyotining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish, bojxona organlari xodimlarining bilim va ko‘nikmalarini oshirish kabi ezgu maqsad mujassam.

Shuningdek, o‘z vazifalarini samarali amalga oshiruvchi bojxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, soha bo‘yicha ilmiy-tadqiqot masalalarini kompleks tarzda yangicha mazmun va shaklda tashkil etish masalalari Bojxona institutining asosiy vazifalaridan biri sifatida qayd etilgan.

Qarorda belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash va Bojxona instituti kursantlarining bilim ko‘nikmalarini oshirish maqsadida kursantlar o‘rtasida “Munozara klubi” tashkil etildi. Unda Bojxona institutining 3-4-bosqich iqtidorli  kursantlaridan tashkil topgan “Munozara klubi” a’zolari, professor-o‘qituvchilar, hamda kursantlar ishtirok etishdi.

Tadbirda  kursantlar tomonidan bugungi kun amaliyotida uchrayotgan muammoli masalalar yoritilib, ularga ilmiy yondoshgan holda tahlil qilib berildi.

Qizg‘in bahs-munozaralarga boy tarzda o‘tgan mazkur klub kursantlarning bojxona sohasida muammoli masalalarni tahlil qilish, echim topish mahoratini oshirish bilan bir qatorda ularni malakali, har tomonlama etuk bojxona xodimi etib tayyorlashda muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Yangiliklar

Bojxona institutiga bo‘lajak bojxonachilar qabul qilindi

Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 2 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari

29.07.19 Yangiliklar
Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti

Qayta tayyorlash va malaka oshirish fakulteti Davlat bojxona qo‘mitasi Bojxona institutining

16.07.19 QTMOF
Me’yoriy hujjatlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ORGANLARI KADRLARINI TAYYORLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH

15.07.19 Me'yoriy hujjatlar
Bojxona instituti

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti Hozirda xalqaro iqtisodiy

15.07.19 Umumiy ma'lumot
Iqtisodiy fanlar kafedrasi

«Iqtisodiy fanlar» kafedrasi Bojxona instituti tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

15.07.19 IFK

Bojxona instituti 2019
Chiqish