UZ RU

Bojxona institutiga bo‘lajak bojxonachilar qabul qilindi

Husniddin 29-07-2019, 10:58 72 UZ / YANGILIK / Yangiliklar

Mamlakatimizda barcha sohalarda olib borilayotgan jadal islohotlarga hamohang ravishda, Bojxona institutida ham o‘qitish tizimini yanada rivojlantirish borasida zarur amaliy ishlar olib borilmoqda.

Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 2 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, institutda bojxona ishi sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda yangicha o‘qitish tizimi shakllantirildi hamda ikki bosqichli “Bojxona ishi” va “Iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash” ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha bakalavrlar hamda “Bojxona ishi (faoliyat turlari bo‘yicha)” va “Soliq va bojxona huquqi” mutaxassisliklari bo‘yicha magistrlar tayyorlash tizimiga o‘tildi.

Bo‘lajak bojxona xodimi bo‘lish istagini bildirgan yoshlarni 3 bosqichli tanlov asosida bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlariga yangicha yondashuv asosida qabul qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi. Bojxona institutiga o‘qishga kirish istagini bildirib dastlabki va maxsus kasbiy tanlov bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan nomzodlar Davlat test markazi tomonidan o‘tkazilgan test sinovlariga tavsiya etildi.

Test sinovlari natijasi bo‘yicha yuqori ko‘rsatkichga yoki tegishli imtiyozga ega bo‘lgan nomzodlar “Bojxona ishi” va “Iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy ta’minlash” bakalavriatura ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha Bojxona instituti kursantlar safiga qabul qilindi. Jumladan, mamlakatimiz Qurolli kuchlari harbiylari, huquqni muhofaza qiluvchi organlar xodimlari va ularning oila a’zolarini ijtimoiy himoyasini yanada kuchaytirish hamda qo‘llab-quvvatlash maqsadida qabul qilingan YUrtboshimizning tegishli qarorlari asosida Vatanimiz tinchligining posbonlari bo‘lgan 15 nafar fidoyi xodimlarning farzandlari hamda 7 nafar Farg‘ona “Temurbeklar maktabi” harbiy akademik litseyining joriy yil bitiruvchilari ham ajratilgan kvota doirasida imtiyozli asoslarda institut kursantlari safiga qabul qilindi.

O‘qishga qabul qilingan kursantlarga yaratib berilgan imkoniyatlardan foydalangan holda kelajakda sadoqat bilan Vatanimiz sarhadlarida sidqidildan xizmat qiluvchi yuqori malakali va halol xodim bo‘lib etishishiga ishonch bildirildi.

Yangiliklar

Bojxona institutining kursantlari o‘rtasida “Discussion Club” dasturi tashkil etildi

Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 2 noyabrdagi “O‘zbekiston Respublikasi bojxona organlari

29.07.19 Tadbirlar
Bojxona tartibga solinishi va bojxona to‘lovlari kafedrasi

Kafedra haqida: Mazkur kafedra Vazirlar Maxkamasining 2003 yil 22 maydagi “O‘zbekiston Respublikasi

16.07.19 BTSBTK
Me’yoriy hujjatlar

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI BOJXONA ORGANLARI KADRLARINI TAYYORLASH TIZIMINI TUBDAN TAKOMILLASHTIRISH

15.07.19 Me'yoriy hujjatlar
Bojxona instituti

O‘zbekiston Respublikasi Davlat bojxona qo‘mitasining Bojxona instituti Hozirda xalqaro iqtisodiy

15.07.19 Umumiy ma'lumot
Iqtisodiy fanlar kafedrasi

«Iqtisodiy fanlar» kafedrasi Bojxona instituti tarkibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining

15.07.19 IFK

Bojxona instituti 2019
Chiqish