O'zbekiston Respublikasi Bojxona Qo'mitasining Bojxona Instituti
Yuklanmoqda...
Bojxona Qoʻmitasining
Bojxona Instituti

ILM — AMAL BILAN BIRGA BOʻLGANDAGINA
FOYDALIDIR.

Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona Qoʻmitasining Bojxona Instituti

30+
Yillik tajriba
2000+
Bitiruvchilar
WCO
Sertifikatlangan

Institut ilmiy salohiyati

0
Fan doktori (DSc)
0
Falsafa doktori (PhD)
0
Ilmiy salohiyat
0
Professor
0
Dotsent

Yangiliklar

Bojxona Instituti

Dunyo iqtisodiyotining globallashuvi va davlatlararo integratsiyalashuvning tezlashishi yuz berayotgan bugungi shiddatli zamon milliy bojxona organlari xodimlari oldiga nafaqat mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlash, balki tashqi iqtisodiy faoliyatni faollashtirish maqsadida uning ishtirokchilariga qulay sharoitlarni yaratish va jarayonlarni huquqiy jihatdan samarali tartibga solish kabi muhim vazifalarni yuklaydi.

Muhtaram Prezidentimizning 2018 yil 2 noyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasi bojxona organlari kadrlarini tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʼgʼrisida”gi qarori oʼz mohiyatiga koʼra, xalqaro-iqtisodiy hamkorlikning rivojlanishi va mamlakatimiz iqtisodiyotining investitsiyaviy jozibadorligini oshirishni hisobga olgan holda bojxona organlari xodimlarining bilim va koʼnikmalarini, shuningdek oʼz vazifalarini samarali amalga oshirish uchun zarur boʼlgan kasbiy mahoratini oshirishni taʼminlovchi bojxona xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish, soha boʼyicha ilmiy-tadqiqot masalalarini kompleks tarzda yangicha mazmun va shaklda tashkil etishga xizmat qiladigan muhim hujjat hisoblanadi. Qarorga muvofiq, Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʼmitasining Oliy harbiy bojxona instituti Oʼzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʼmitasining Bojxona instituti etib qayta tashkil etildi va bojxona organlari xodimlarini tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish boʼyicha ixtisoslashtirilgan oliy taʼlim hamda ilmiy-metodik muassasa sifatida belgilandi.

Institutda bojxona ishi sohasidagi xalqaro standartlarni hisobga olgan holda kursantlarida tahliliy fikrlash, yangi bilimlarni mustaqil ravishda egallash va ularni amaliyotda qoʼllash koʼnikmasini rivojlantirishga yoʼnaltirilgan yangicha oʼqitish tizimini shakllantirish maqsadida ikki bosqichli “Bojxona ishi” va “Yurisprudentsiya (iqtisodiy xavfsizlikni huquqiy taʼminlash)” mutaxassisliklari bakalavrlarni hamda “Bojxona ishi (faoliyat turlari boʼyicha)” va “Soliq va bojxona huquqi” mutaxassisliklari boʼyicha magistrlarni tayyorlash amalga oshiriladi. Endilikda yurisprudentsiya mutaxassisligini tamomlagan institut bitiruvchilarining kasbiy faoliyat sohalari kengayib, nafaqat bojxona organlarida, balki boshqa huquqni muhofaza qiluvchi organlar tizimida ham xizmatni oʼtash imkoniyatiga ega boʼlishadi.

Qarorda mutaxassislar tayyorlash boʼyicha malaka talablari, oʼquv rejalari va dasturlarining amaliyotga yoʼnaltirilganlik jihatini kuchaytirish orqali kadrlar tayyorlash sifatini oshirishga alohida eʼtibor qaratilgan. Jumladan, bitiruvchilarda yetarli amaliy koʼnikmalarni shakllantirish maqsadida 2018-2019 oʼquv yilidan nomutaxassislik fanlarning hajmini kamaytirish va mutaxassislik fanlari hajmini oshirish hisobidan uch yillik nazariy kurs hamda hududiy bojxona boshqarmalarida bir yillik stajirovka oʼtashdan iborat oʼqitish tizimi yoʼlga qoʼyiladi.

Mutaxassislik sohasidan bilim va malaka bilan birgalikda xorijiy tillardan birini mukammal bilish, kasbiy faoliyatda axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish koʼnikmasiga hamda metin va bukilmas irodaga ega boʼlish zamonaviy bojxonachi uchun zarur boʼlgan muhim kompetentsiyalar sirasiga kiradi. Shu bois, kursant va tinglovchilarni psixologik bardoshliligini oshirish va xorijiy tillarni oʼrganishni zamonaviy tizimini joriy etish maqsadida Til va psixologik tayyorgarlikni rivojlantirish markazi faoliyat yuritadi.

Institut oʼquv jarayonida axborot kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish hamda samarali boshqaruv tizimini joriy etish boʼyicha ishlab chiqiladigan Kompleks chora-tadbirlar dasturida trenajer-imitatsion komplekslar va moslashuvchan avtomatlashtirilgan trenajerlarni joriy etish hisobiga kursantlarni nazariy va amaliy tayyorlash texnologiyalarini takomillashtirish, oʼquv videofilьmlari va elektron oʼquv modullari hisobiga taʼlim resurslari bazasini shakllantirish, professor-oʼqituvchilar va kursantlarning global axborot-huquqiy resurslaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirish nazarda tutilmoqda. Xususan, institut Аxborot resurs markazini “Elektron taʼlim” milliy tarmogʼiga begʼaraz asosda ulanishini, shuningdek Аlisher Navoiy nomidagi Oʼzbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va yetakchi xorijiy axborot-kutubxona resurslari fondlaridan uzluksiz foydalanish imkoniyat yaratiladi.

Shiddat bilan oʼzgarib borayotgan iqtisodiy-huquqiy voqelik zamonaviy pedagogdan doimiy ravishda oʼz ustida ishlashini, amaliyot bilan hamqadam va hamnafas boʼlishini talab etadi. Zero, malakali oʼqituvchigina yuqori taʼlim sifatini taʼminlay oladi. Аynan shu tufayli professor-oʼqituvchilar tarkibi yuqori darajadagi kasbiy va pedagogik mahoratga, shu jumladan bojxona organlarida amaliy ish tajribasiga ega boʼlgan mutaxassislar bilan mustahkamlanadi, mutaxassislik fanlari oʼqituvchilarini bevosita bojxona organlarida muddati bir yilgacha boʼlgan maqsadli rotatsiya qilish amalga oshiriladi.

Institut bojxona organlari tizimida xizmatni olib borayotgan xodimlarni yuksak kasbiy mahoratini oshirish, bojxona faoliyatining tegishli sohalarida boshqaruv koʼnikmasini rivojlantirish kabi muhim vazifalarni ham bajaradi. Qaror bilan bojxona organlari rahbar kadrlarini tayyorlash uchun oʼqish muddati 3 oydan iborat boʼlgan “Bojxona menejmenti” oliy kurslari joriy etilganligi bu boradagi ishlarni sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqadi.

Soha boʼyicha kursantlarda chuqur bilimlarni shakllantirish tizimini oʼqitishning zamonaviy innovatsion shakl va usullari, pedagogik texnologiyalarga asoslangan oʼquv-uslubiy taʼminotisiz tasavvur qilish qiyin. Oʼzbekiston Respublikasi Oliy va oʼrta maxsus taʼlim vazirligi bilan birgalikda institutda oʼqitiladigan fanlar va predmetlar boʼyicha yangi avlod darsliklari va oʼquv qoʼllanmalari tayyorlanadi.

Shuni alohida taʼkidlash zarurki, respublikada soha boʼyicha yagona taʼlim va ilmiy-metodik muassassa sifatida institutda bojxona nazoratini takomillashtirishga doir mamlakat iqtisodiy xavfsizligini taʼminlashning dolzarb muammolari boʼyicha ilmiy-tadqiqotlar amalga oshiriladi hamda ilmiy ishlanmalarning natijalari oʼquv jarayoniga va bojxona amaliyotiga joriy etilishi taʼminlanadi. Bojxona ishining dolzarb muammolari boʼyicha ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borish, natijalarini chop etish uchun Institut huzurida “Oʼzbekiston bojxona axborotnomasi” davriy ilmiy jurnali faoliyat yuritadi.

Qaror bilan mustahkamlangan yana bir yangilik shundan iboratki, institut faoliyatidagi xalqaro hamkorlik yoʼnalishidagi ishlar kadrlar tayyorlash, professor-oʼqituvchilarning malakasini oshirish va stajirovkasini oʼtkazishda sohaviy yetakchi xorijiy taʼlim muassasalari bilan hamkorlikni rivojlantirish va tajriba almashishga asoslanadi. Bakalavriat va magistratura yoʼnalishlari boʼyicha yetakchi xorijiy ixtisoslashtirilgan maʼlim muassasalari bilan qoʼshma taʼlim dasturlari joriy etiladi.

Me'yoriy Hujjatlar

Oʻquv Binolari

OʻQUV BINOSI

100071, Toshkent shahar, Shayhontohur tumani, Qozirabot 2-tor koʻchasi, 118-A uy.

Institut Sertifikatlari

WCO Certificate of Recognition

WCO — Certificate of Recognition

World Customs Organization · 22 November 2021 · Brussels, Belgium

Bojxona Instituti

Bojxona Instituti Tuzilmasi

Bojxona Instituti Kengashi

Bojxona instituti kengashi doimiy faoliyat yurituvchi oliy kollegial organ hisoblanib, oʻz faoliyatini Oʻzbekiston Respublikasi Bojxona Qoʻmitasining 2018 yil 1 dekabrdagi 671-son buyrug'i bilan tasdiqlangan nizom talablariga muvofiq yuritadi.

Kengash kotibi:
XXX XXX XXX
Qabul vaqti:
09:00 – 16:00
Telefon:
71-202-99-90

Xalqaro Faoliyat

Bojxona Instituti

Sport faoliyati

Bojxona instituti kursantlari va xodimlari respublika hamda xalqaro miqyosdagi musobaqalarda muvaffaqiyatli ishtirok etib, institut sport sharafini munosib himoya qiladilar. Quyida eng yuqori natijalarga erishgan sportchilarimiz bilan tanishing.

Bakalavriatga qabul — umumiy tartib

Bojxona instituti bakalavriat ta'lim yo'nalishlariga o'qishga qabul qilish O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlari talablariga muvofiq tashkil etiladi. Tanlov bosqichma-bosqich o'tkaziladi.

Bakalavriat bo'yicha tanlov uch bosqichda amalga oshiriladi.

1-bosqich

Dastlabki tanlov

Hududiy bojxona boshqarmalarida tashkil etiladi.

2-bosqich

Maxsus kasbiy tanlov

Bojxona instituti hududida o'tkaziladi.

3-bosqich

Test sinovlari

Davlat test markazi tomonidan tashkil etiladi.

Keyingi qadam: qabul shartlari.

Bakalavriatga qabul shartlari

Nomzodlarga qo'yiladigan talablar

  • O'zbekiston Respublikasi fuqarosi bo'lishi;
  • Erkaklar: 17 yoshdan 23 yoshgacha;
  • Umumiy o'rta, o'rta maxsus yoki kasb-hunar ta'limi;
  • Tibbiy ko'rikdan o'tgan va harbiy xizmatga yaroqli;
  • Bo'yi kamida 165 sm (qizlar uchun 160 sm).

Hujjatlar va murojaat tartibi

Dastlabki tanlov bosqichiga chiqish uchun nomzodlar belgilangan tartibda hujjatlar to'plamini taqdim etadi.

Odatda talab qilinadigan hujjatlar

  • Ariza;
  • Pasport yoki fuqarolik identifikatori nusxasi;
  • Ta'lim to'g'risidagi hujjat (attestat / diplom nusxasi);
  • Tibbiy ko'rik ma'lumotnomasi;
  • Fotosuratlar.

Keyingi qadam: 1-bosqich — dastlabki tanlov.

1-bosqich: dastlabki tanlov

Dastlabki tanlov hududiy bojxona boshqarmalarida tashkil etiladi.

1

Hujjatlarni to'plash va o'rganish. Taqdim etilgan ma'lumotlar hujjatlar bilan solishtirib, to'g'riligi tekshiriladi.

2

Yakka tartibda suhbatlashish. Nomzodning motivatsiyasi, nutqi va umumiy tayyorgarligi baholanadi.

3

Individual-psixologik o'rganish. Kasbga mosligi va stressbardoshlik ko'rsatkichlari baholanadi.

4

Jismoniy tayyorgarlik darajasini baholash. Belgilangan normativlar doirasida sinovlar o'tkaziladi.

5

Tibbiy ko'rikdan o'tkazish. Keyingi bosqichga ruxsat berish uchun tibbiy yaroqlik tasdiqlanadi.

Keyingi bosqich: maxsus kasbiy tanlov.

2-bosqich: maxsus kasbiy tanlov

Maxsus kasbiy tanlov Bojxona institutida o'tkaziladi.

1

Psixofiziologik o'rganish.

2

Tibbiy ko'rikdan o'tkazish.

3

Yozma ish (diktant).

4

AKT (IT) bo'yicha bilim darajasini tekshirish.

5

Yakka tartibdagi yakuniy suhbat.

Keyingi bosqich: test sinovlari.

3-bosqich: test sinovlari

Test sinovlari Davlat test markazi tomonidan tashkil etiladi.

Majburiy fanlar

Jami 30 ta savol (har bir to'g'ri javob — 1,1 ball): ona tili va adabiyot — 10; matematika — 10; O'zbekiston tarixi — 10.

KodYo'nalishFanlar va savollarBall
60410300Bojxona ishiMatematika — 30 savol; chet tili — 30 savol3,1 / 2,1
60420100YurisprudensiyaHuquqshunoslik — 30 savol; chet tili — 30 savol3,1 / 2,1
Har bir ta'lim yo'nalishi bo'yicha maksimal — 189 ball

Natijalar va o'qishga qabul

Test natijalari e'lon qilingach, tanlov natijalari va qabul qilinganlar ro'yxati rasmiy tartibda joylashtiriladi.

Keyingi qadamlar

  1. Rasmiy sayt va ijtimoiy tarmoqlaridagi e'lonlarni kuzatib boring.
  2. Qabul komissiyasi bilan bog'lanish uchun aloqa bo'limidan foydalaning.
  3. Talabgorlar uchun eslatmalar yangiliklar bo'limida e'lon qilinadi.

Magistraturaga Qabul Qilish Shartlari

Taqdim etiladigan hujjatlar:

  • Bildirgi;
  • Tavsifnoma;
  • Pasport nusxasi;
  • Oliy ma'lumot diplomi;
  • Kamida B2 darajadagi til sertifikati;

Yangiliklar

Ulashing
Yangilik rasmi
1 / 1

Manzil va Aloqa

Telefon
(+99871) 202-99-90
Manzil
100071, Toshkent sh., Shayhontohur t., Qozirabot 2-tor ko'chasi, 118-A uy
Metro
Metro
Milliy bog' bekati · Avtobus №13

Shaxsiy Kabinet

Shaxsiy ma'lumotlar